To'lov: naqd yoki karta orqali
Gipsokarton ichki devorlar, shiftlar va turli dekorativ konstruksiyalarni qurish hamda tekislash uchun mo‘ljallangan zamonaviy qurilish materialidir. U yengil, mustahkam va oson ishlov berilishi bilan ajralib turadi. Gipsokarton turar joy, ofis, tijorat va sanoat obyektlarida ta'mirlash va pardozlash ishlarida keng qo‘llaniladi. Namlikka va yong‘inga chidamli maxsus turlari ham mavjud. Tezqur.uz internet-do‘konida turli o‘lcham va turdagi gipsokarton listlarini qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.